Isko «Milan»ga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1341

Italiyaning “Milan” klubi “Real” havbeki Iskoni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Football Italia nashrining xabariga ko'ra, “rossoneri”lar futbolchi borasida “Real” vakillari bilan bog'langan. Avvalroq, futboli jamoasini o'zgartirmoqchi ekanligi to'g'risida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli futbolchining “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
183