"MYu" Amrabat bilan muzokarani boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Marokash terma jamoasi va "Fiorentina" klubi yarim himoyachisi Sofyan Amrabat Angliya Premer-ligasining top-klubiga o'tishi mumkin.
Insayder Florian Plattenberg xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" 26 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi. "Mankunianliklar" yarim himoyachining transferi bo'yicha muzokaralarning birinchi bosqichini o'tkazishdi.
Sofyan 2020 yilning yozidan buyon Florentsiya jamoasi o'yinchisi hisoblanadi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma kelasi yilning o'rtalarida tugaydi. Uning transfer narxi 30 million evro.
O'tgan mavsumda Amrabat barcha musobaqalarda 49 ta o'yin o'tkazib, bitta golga assistentlik qilgan.

Bosh sahifaga
243