"Barselona" o'z futbolchisini ijaraga bermoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 86

"Barselona" klubi hujumchi Ferran Torresni ijara asosida qo'yib yubormoqchi, deya xabar bermoqda Diario Sport nashri.
Kataloniya klubi 23 yoshli futbolchi 2023/24 yilgi mavsumda muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lmasligidan xabardor qildi va Torresning transfer qiymatini yo'qotishini istamaydi.
"Barselona" vingerni 2022 yilning yanvarida 55 million evro evaziga sotib olgandi. U klub safida 71 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning hozirgi bozor narxini 30 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
197