Kulibali "Byornli"ga o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 87

Dortmundning "Borussiya" klubi markaziy himoyachisi Sumaila Kulibali keyingi mavsumni ijara asosida Angliyaning "Byornli" klubida o'tkazadi, yakunda angliyaliklar futbolchini sotib olishadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, bugun 19 yoshli futbolchi Angliya Premer-ligasida o'ynaydigan "Byornli" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Qayd etilishicha, klublar o'tgan hafta kelishuvga erishgan.
O'tgan mavsumda Sumaila Kulibali asosan Germaniya uchinchi divizionida "Borussiya" jamoasining o'rinbosarlar jamoasida o'ynadi. U erda u 16 o'yin o'tkazdi.

Bosh sahifaga
218