"Al-Ahli" Amrabatga taklif bilan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

Saudiyaning "Al-Ahli" klubi "Fiorentina" yarim himoyachisi Sofyan Amrabatga taklif bilan chiqdi, deb xabar bermoqda FootMercato nashri.
Klub ushbu transferni amalga oshishini talab qilmoqda, ammo 26 yoshli marokashlik futbolchining o'zi bu taklifni qabul qilmadi, chunki u hali Evropa chempionatlaridan birida qolishni istamoqda.
"Fiorentina" yarim himoyachini sotishga tayyor, chunki kelasi yozda uning shartnomasi tugaydi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Amrabatga "Atletiko" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda. U "MYu" bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishib olgani, madridliklar esa "binafsharanglar" bilan transfer summasi borasida muzokaralarni davom ettirgani haqida ma'lumotlar bor.

Bosh sahifaga
212