Rasman! "PSJ" navbatdagi xaridni amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

Frantsiyaning "PSJ" klubi navbatdagi transferini rasman e'lon qildi. Bu safar jamoa safiga Lissabonning "Sporting" klubidan kelib qo'shilgan yarim himoyachi Manuel Ugarte kelib qo'shildi. Ushbu transfer uchun parijliklar 60 million evro miqdorida tovon puli to'lashdi.
Ugarte "PSJ" bilan 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Parijliklar urugvaylik futbolchi uchun kurashda Londonning "Chelsi" klubini ortda qoldirishdi.
Ugarte tayanch yarim himoyachi sifatida o'ynaydi. O'tgan mavsumda futbolchi Portugaliya chempionatida o'z pozitsiyasida eng yaxshilardan biri edi.

Bosh sahifaga
223