"Liverpul" portugaliyalik markaziy himoyachiga da'vogarlik qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 80

"Liverpul" himoyachi xarid qilishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Sporting" futbolchisi Gonsalu Inasiu mersisaydliklar radariga tushgan. Yurgen Klopp jamoasining himoyasidan qoniqmayapti.
Shu sabab u portugaliyalik markaziy himoyachini xarid qilishga harakat qiladi. 21 yoshli o'yinchi o'tgan mavsumning yorqin vakillaridan biri edi. Inasiu hozirda 39 million funtlik tovon puliga ega. Bu miqdor "Liverpul"ga muammo bo'lishi mumkin.
Manba: teamtalk.com
Bosh sahifaga
211