«Turkiyalik Messi» ertaga Madridga uchadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

«Fenerbaxche» yarim himoyachisi Arda Gyuler faoliyatini «Real»da davom ettiradigan bo'ldi.
"A Spor" tarqatgan xabarga ko'ra, klublar 18 yoshli futbolchining transferi borasida to'liq kelishuvga erishishdi. "Qirollik klubi" turkiyalik futbolchi uchun 20 million evro to'laydi. Shuningdek, Ardaning o'yini va natijasidan kelib chiqib istanbulliklar yana 10 million evro miqdorida bonus olishadi. Bundan tashqari, Gyuler keyinchalik sotilsa, transferning 20 foizi «Fenerbaxche»ga beriladi.
Arda Gyuler ertaga — 6 iyul kuni Madridga uchadi. U dastlab tibbiy ko'rikdan o'tib, so'ngra shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda.

Bosh sahifaga
251