"Arsenal" 40 million evroli transferni amalga oshirishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

"Arsenal" himoyachi Yurren Timber bilan shartnoma imzolash bo'yicha to'liq kelishuvga erishdi.
22 yoshli niderlandiyalik futbolchining transferi uchun "kanonirlar" "Ayaks"ga 40 million evro to'laydi. Yana 5 million evro bonus sifatida shartnomaga kiritilgan va ularga osonlik bilan erishish mumkinligi aytilmoqda.
Ta'kidlash joizki, Timber hali tibbiy ko'rikdan o'tmagan.
Avvalroq, mish-mishlar Yurren Timberni Angliya Premer-ligasining yana bir giganti bilan - "Manchester Yunayted" bilan faol ravishda bog'lagan edi. Futbolchi hatto “qizil iblislar” “Manchester Siti”ga qarshi o'ynagan mamlakat kubogining so'nggi finalida ham ko'zga tashlangandi.

Bosh sahifaga
218