"Manchester Siti" o'z darvozabonini sotdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88

"Manchester Siti" futbolchisi jamoadan ketadi. Xabarlarga ko'ra, "Byornli" "shaharliklar" darvozaboni Jeyms Traffordni sotib olish bo'yicha kelishuvga erishgan.
20 yoshli futbolchi uchun Vensen Kompani jamoasi 15 million funt avvaldan, va 4 millionni bonuslar shaklida to'lab beradigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, APLning yangi mavsumi 1 turida "Byornli" "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushadi. Trafford esa ayni damda Angliya yoshlar terma jamoasi Evropa chempionatining yarim finaliga etib keldi.
Manba: bbc.com
Bosh sahifaga
230