Shomurodovni "Galatasaroy" ijaraga olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

"Galatasaroy" "Roma" hujumchisi, hamyurtimiz Eldor Shomurodovni ijaraga olish taklifi bilan chiqdi.
O'zbekistonlik futbolchi rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinoning rejalariga kiritilmagan. Ayni paytda Shomurodovga "Galatasaroy" bosh murabbiyi Okan Buruk qiziqmoqda.
28 yoshli hujumchi o'tgan mavsumni "Spetsia"da ijara asosida o'tkazdi, 16 o'yin o'tkazib, 1 gol va 2 golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
188