"Barselona" Karrasko bilan shartnoma imzolamaydigan bo'ldi, sababi - moliyaviy muammo
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79

Yannik Karrasko "Barselona"ga o'tmaydi. Kataloniyaliklar Memfis Depay transferi doirasida kelishuvga erishish imkoniga ega bo'lishgandi. "Atletiko" "Barselona"dan 19 million evro so'ragan. Biroq, "Barselona" "Atletiko"ga bu summani to'lab bera olmasligini ma'lum qildi.
Klub Xavining qiziqishiga qaramay, transferdan voz kechishga majbur. Sababi - mablag' etishmasligi.
Karrasko tez orada "Atletiko" bilan yangi shartnoma imzolaydi. Futbolchi boshqa takliflarni ko'rib chiqmasligini ma'lum qildi.

Bosh sahifaga
222