Rasman! "Inter" yangi transferni amalga oshirdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

Menxengladbaxning "Borussiya" klubi sobiq hujumchisi Markus Tyuram "Inter"ga o'tdi. Bu haqda Milan klubi rasmiy saytida ma'lum qildi.
25 yoshli hujumchi 2019 yildan buyon "Borussiya" jamoasida o'ynab kelayotgan. Bu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 134 ta uchrashuvda ishtirok etib, 44 ta gol urdi va 29 ta golli uzatma muallifiga aylandi. U nemis klubini tekinga tark etdi. Frantsiyalik futbolchining transfer narxi 32 million evroga baholanmoqda.
O'tgan mavsum yakuniga ko'ra, "Borussiya" (M) Germaniya chempionati turnir jadvalida o'ninchi o'rinni egalladi. "Inter" A Seriyada uchinchi o'rinni egalladi.


Bosh sahifaga
214