"Real" Gyuler borasida ikki variantni ko'rib chiqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

Madridning “Real” klubi “Fenerbaxche” klubining yosh yarim himoyachisi Arda Gyulerni sotib olmoqchi.
Jurnalist Mario Kortagenaning yozishicha, Madridda kelishuvning turli variantlari muhokama qilinmoqda. "Real Madrid" uni hozir qo'lga kiritishi va 2024 yilgacha "Fenerbaxche"da qolishiga ruxsat berishi yoki kelishuv tugagach, "Kastilya"ga yuborishi mumkin. Qayd etilishicha, “qirollik klubi" Gyulerni ikkinchi variant qanoatlantirmasligini kutmoqda.
OAV ma'lumotlariga ko'ra, 18 yoshli yarim himoyachigan "Real"dan tashqari, "Barselona" va "Milan" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali yosh futbolchining narxini 15 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
230