So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bartomeu: «Barselona» hech qachon Grizmann bilan muzokara olib bormagan»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 985

«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmanning ehtimoliy transferi yuzasidan o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Biz bu haqda doimo gapirib kelyapmiz: «Barselona» futbolchi bilan hech qachon muzokara olib bormagan, hech narsa yo'q. Shu kunlarda, shu haftalarda bozor qanchalik kengayib borayotganini ko'rib turibmiz.
Biz odatda oxistalik bilan xavfsiz jarayonni olib boramiz. Ixtiyorimizda hali iyun, iyul va avgust oylari bor. Biz muzokara olib boramiz va rejani amalga oshiramiz.
Bundan tashqari, biz «Barselona B» futbolchilariga ahamiyat qaratamiz. Ushbu mavsumda ba'zi futbolchilar asosiy jamoaga o'tishi mumkin. Kimdir bizni tark etadi, bir necha futbolchilar keladi», – dedi Bartomeu.