"Bavariya" "Ayaks" futbolchisi uchun rasmiy taklif yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Myunxenning "Bavariya" klubi "Ayaks"ning markaziy himoyachisi Yurren Timber transferi uchun Londonning "Arsenal" klubi bilan raqobatlashishga tayyor.
Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko'ra, Tomas Tuxel jamoasi niderlandiyalik futbolchining transferi bo'yicha rasmiy so'rov yuborgan.
Biroq manbaning xabar berishicha, Timber uchun kurashda mutlaq favorit Londonning “Arsenal” jamoasi hisoblanadi. Futbolchi Mikel Arteta jamoasiga o'tish niyatida va faoliyatini davom ettirish uchun boshqa variantlarni ko'rib chiqmayapti.
Avvalroq, "Ayaks" markaziy himoyachini 50-55 million evro evaziga qo'yib yuborishi haqida xabar berilgandi.

Bosh sahifaga
183