Di Mariya "Benfika"ga o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

Hujumkor yarim himoyachi Anxel di Mariya Portugaliya chempionatiga o'tadi.
Record nashrining xabariga ko'ra, 35 yoshli vingerning yangi ish klubi Lissabonning "Benfika" jamoasi bo'ladi. Tomonlar muzokaralar olib bordi va bir yillik shartnoma imzolashga kelishib oldi.
Muzokaralarda Anxelning terma jamoadagi sherigi hisoblangan “burgutlar” himoyachisi Nikolas Otamendi muhim omil bo'ldi.
Shu oy boshida di Mariya Turinning "Yuventus" klubini tark etishini e'lon qildi. O'tgan mavsumda argentinalik futbolchi "keksa sinora" uchun 40 ta jangda qatnashib, 8 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bosh sahifaga
181