«Bavariya» bugun yangi transferni e'lon qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 102

«Bavariya» bugun Dortmundning «Borussiya» klub himoyachisi Rafael Gerreyru bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda taniqli insayder Florian Plettenberg xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, portugaliyalik o'yinchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng 2 yillik shartnomaga imzo chekadi.
Gerreyru mavsum-2022/2023da «Borussiya» safida barcha musobaqalar doirasida 37ta o'yinda ishtirok etib, 6 gol va 13 assist muallifiga aylandi. U so'nggi 6 yil davomida dortmundliklar sharafini himoya qildi. Uning "asalarilar" bilan shartnomasi yakuniga etgani uchun "Bavariya"ga erkin agent sifatida o'tadi.

Bosh sahifaga
177