"APLda bir mavsum o'ynagan futbolchi uchun 100 million funt ko'plik qiladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97

Jurnalist Din Jones "Brayton" futbolchisi Moyses Kaysedoga qo'yilgan narx haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"Avvalo, biz "Brayton"ning bu boradagi pozitsiyasini hurmat qilishimiz kerak. Bu bizga dars bo'ladi. Ammo Kaysedoning narxi o'ta baland. 100 million funt har qanday futbolchiga ko'plik qiladi. Ayniqsa, APLda endigina bir mavsum o'ynagan futbolchi uchun bunday narx aqlga sig'maydi. Hech qaysi klub bundan ikki yil oldin 4 millionga baholangan futbolchi uchun 100 million to'lamaydi".
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
167