Xummels uchinchi bor «Borussiya»ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 967

Dortmundning “Borussiya” klubi yozgi transferlar vaqtida “Bavariya” himoyachisi Mats Xummelsni sotib olmoqchi, deb xabar beradi Bild nashri. Ushbu transfer 30 mln evro evaziga amalga oshishi kutilmoqda.
Avvalroq germaniyalik futbolchi ikki marta “Bavariya”dan “Borussiya”ga o'tgan, birinchi marta 2008 yil ijara asosida, ikkinchi marotaba 2009 yil o'shanda “asal arilar” futbolchini 4,2 mln evro evaziga sotib olgan. 7 yil o'tib “Borussiya” Xummelsni 35 mln evroga “Bavariya”ga sotgan.
Uning myunxenliklar bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.

Bosh sahifaga
205