"Ayntraxt" Kolo-Muanining narxini oshirib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

"Ayntraxt" hujumchisi Randal Kolo-Muani ko'plab Evropa gigantlari qiziqishlari doirasida.
Shu bilan birga, nemis klubi 24 yoshli futbolchining narxini 100 million evroga oshirib qo'ydi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Aytish joizki, mish-mishlar Kolo-Muanini "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Real" va "Bavariya" kabi klublar bilan bog'laydi.
Randal Kolo-Muani 2022/2023-yilgi mavsumda Frankfurtning “Ayntraxt” klubi safida 46 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol va 17 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Jamoa Bundesliga turnir jadvalida ettinchi o'rinni egallab, Konferentsiyalar ligasiga yo'llanma oldi.

Bosh sahifaga
197