"Yuventus" o'z futbolchisini sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

Turinning "Yuventus" klubi bir yil oldin "Torino"dan sotib olgan markaziy himoyachisi Gleyson Bremer bilan xayrlashishga tayyor.
Tuttosport nashri xabariga ko'ra, agar "keksa sinora"ga kamida 60 million evrolik taklif tushsa, braziliyalik himoyachi ketishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Bremer o'tgan mavsumda markaziy himoyachilar o'rtasida 4 ta gol urib, A Seriyaning eng yaxshi to'purari bo'lgandi. Braziliyalik futbolchi "Yuventus"ga o'tishdan oldin Italiya chempionatida 2021/22 yilgi mavsumning eng yaxshi himoyachisi unvonini olgandi.

Bosh sahifaga
192