Belgiya chempioni ilk transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1416

“Zyulte-Varegema” yarim himoyachisi Teo Bongonda “Genk” klubiga o'tdi.
23 yoshli futbolchi Belgiya chempioni bilan to'rt yillik shartnoma imzoladi, deb xabar beradi “Genk”ning rasmiy sayti.
Ushbu transfer 7 mln evro tashkil qilganligi taxmin qilinmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Bongonda joriy mavsum 39 ta o'yinda maydonga tushib 14 ta gol va 14 ta golga hammualifflik qildi.

Bosh sahifaga
339