Fabritsio Romano "Chelsi" futbolchisi haqida yangi xabarlar bilan o'rtoqlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 102

Fabritsio Romano "Chelsi" hujumchisi Kay Xaverts borasida yangiliklarni aytib o'tdi. Unga ko'ra, Germaniya terma jamoasi hujumchisi uchun "Arsenal" asosiy da'vogarga aylangan.
"Real" esa Xaverts poygasida ortiq qatnashmaydi. Madrid klubi hujumchi uchun "Chelsi" qo'ygan 70 million funtlik narxni to'lay olmaydi. Shu sabab "Arsenal" ishga aralashdi.
Hozir muzokaralar bo'lib o'tmoqda. Shimoliy londonliklar 25 yoshli futbolchini 50 million funt atrofida xarid qilishga umid qilmoqda. Xaverts uchun "Bavariya" ham qiziqish bildirgan.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
191