"Inter" "Chelsi"ning ikki nafar futbolchisini ijaraga olishni rejalashtirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

Romelu Lukaku va Kalidu Kulibali keyingi mavsumda "Inter" tarkibida faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, bugun ikki futbolchiga egalik qiluvchi “neradzurrilar” va “Chelsi” rahbarlari uchrashishdi.
Xabar qilinishicha, “Inter” sport direktori Pero Ausilio orqali Lukaku va Kulibalini keyingi mavsum uchun ijaraga so'ragan. Qayd etilishicha, Chempionlar ligasi finalchilari funktsioneri yaqin bir-ikki kun ichida Londonga borib, “Chelsi” bilan vaziyatni yana muhokama qiladi.
Eslatib o'tamiz, Kalidu Kulibali "ko'klar" safiga 2022 yilning yozida "Napoli"dan ko'chib o'tgandi. Romelu Lukaku 2022/23 yilgi mavsumni London klubidan ijaraga olingandi.

Bosh sahifaga
192