"Nyukasl" Brozovichga jiddiy qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

"Nyukasl" va Saudiya Arabistonining bir qancha klublari "Inter" yarim himoyachisi Marselo Brozovichga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport nashri.
Milan klubi 30 yoshli xorvatiyalik futbolchini 25-30 million evroga baholamoqda.
Agar Brozovich ketsa, "Inter" rahbariyati 35-40 million evro evaziga Davide Frattezi yoki Sergey Milinkovich-Savich bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi.
Marselo 2015 yildan buyon "Inter" safida o'ynab kelmoqda va 330 o'yinda 31 ta gol urdi va 43 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
173