"MYu" 75 million evroga darvozabon sotib olish niyatida emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

"Manchester Yunayted" "Portu" darvozaboni Diogu Koshtaning transferi uchun 75 million evro to'lamaydi. E'tiborli tomoni, bu summa futbolchining shartnomasida tovon puli sifatida yozilgan.
Portugaliyaning A Bola nashri xabar berishicha, "Manchester Yunayted" shartnomada ko'rsatilgan tovon pulini to'lashni istamagan bo'lsa-da, "qizil iblislar" rahbariyati "Portu" bilan muzokaralar o'tkazish orqali summani kamaytirish niyatida. Qayd etilishicha, "ajdarlar" boshqa narxni muhokama qilishga ochiq.
Eslatib o'tamiz, Koshta Portugaliya terma jamoasining asosiy darvozaboni hisoblanadi. Avvalroq Dioguga Angliya Premer-ligasining boshqa klublari, jumladan, Londonning "Chelsi" jamoasi ham qiziqish bildirgan.

Bosh sahifaga
151