Saudiya Arabistoni chempionatida yana bir portugaliyalik futbolchi paydo bo'lishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Yarim himoyachi Joau Moutino faoliyatidagi keyingi qadami haqida hali bir qarorga kelmagan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq portugaliyalik yarim himoyachi Angliyaning "Vulverxempton" klubini erkin agent sifatida tark etgandi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, Saudiya Arabistoni klublari Moutinoni taklif qilishga qiziqish bildirmoqda. Yaqin kunlarda futbolchi barcha variantlarni baholab, qaror qabul qiladi.
Eslatib o'tamiz, Joau 2018 yildan buyon "bo'rilar" safida Angliya Premer-ligasida o'ynab kelayotgandi. Bungacha portugaliyalik futbolchi "Monako", "Portu" va "Sporting" sharaflarini himoya qilgan.
Moutino o'tgan mavsumda 31 o'yinda 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bosh sahifaga
167