"Latsio" o'z futbolchisiga narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

Rimning "Latsio" klubi yozda jamoani tark etmoqchi bo'lgan yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savichga narx belgiladi.
Jurnalist Daniele Longoning xabariga ko'ra, kelasi mavsum oxirida shartnomasi tugaydigan yarim himoyachi uchun "Latsio" 35 million evro talab qiladi.
Eslatib o'tamiz, Milinkovich-Savich avvalroq Angliya Premer-ligasi klublari qiziqishlari doirasida bo'lgan bo'lsa, so'nggi paytlarda futbolchiga Turinning "Yuventus" klubi jiddiy qiziqish bildirgan.
Milinkovich-Savich mavsumni A Seriyada 9 gol va 8 golli uzatma bilan yakunladi. Serbiyalik futbolchi 2015 yildan buyon “Latsio” safida o'ynab kelmoqda.

Bosh sahifaga
172