Suares Frantsiya chempionatiga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4397
Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Denis Suares faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Tuttomercatoweb nashrining xabariga ko'ra, 24 yoshli ispaniyalik futbolchi xizmatlariga “Monako” qiziqib qolgan.
Avvalroq, futbolchiga “Milan”, “Sevilya” va “Chelsi” jamoalari qiziqaytgani haqida xabar bergan edik. Joriy mavsum Suares 6 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.