«Real»ning yangi futbolchisi 14 yoshida nogironlik aravasida harakatlangan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1292

Madridning «Real» klubi 48 million evro evaziga «Lion» himoyachisi Ferlan Mendini xarid qildi. Bu futbolchi yoshligida mustaqil harakatlana olmagan.
Ferlan 14 yoshida toz bo'g'imidagi yallig'lanish tufayli nogironlik aravasidan foydalanishiga to'g'ri kelgan. Shifokorlar unga futbol bilan shug'ullanishni to'xtatishni maslahat berishgan. Ammo u keyinchalik sog'ayib ketgan.
«Lion» 2017 yilning yozida Mendini 5 million evro evaziga «Gavr»dan sotib olgandi. U yakunlangan mavsumda «Lion» safida 44ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi.

Bosh sahifaga
340