«Real» Bellingem uchun qancha to'lashi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34

Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem «Real»ga o'tishga yaqin turibdi.
Madridliklar 19 yoshli futbolchi uchun 100 million evro to'laydigan bo'lishdi. Bundan tashqari, transfer shartnomasida ko'zda tutiladigan qo'shimcha bonuslar evaziga "Borussiya" yana 20 million evroni qo'lga kiritishi mumkin.
Vaholanki, dortmundliklar Bellingem uchun 150 million evro olishni maqsad qilishayotgandi. Boz ustiga, Bellingem joriy mavsumning so'nggi turlarini jarohat tufayli o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi va u jarrohlik stoliga yotishi kutilmoqda.