"PSJ" janubiy koreyalik futbolchining transferidan voz kechdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35

Huquqlari "Napoli"ga tegishli bo'lgan janubiy koreyalik himoyachi Kim Min Chje Frantsiyaning "PSJ" klubiga o'tmaydi.
RMC Sport nashri xabariga ko'ra, Parij klubi 26 yoshli futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarni qimmatlashgani sababli tugatishga qaror qilgan.
Transfermarkt portali osiyolik futbolchining narxini 50 million evroga baholamoqda. Uning "Napoli" bilan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Italiya chempionatining joriy mavsumida himoyachi 35 ta uchrashuvda ishtirok etib, ikkita gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.