Messiga APL klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

Argentina terma jamoasi va "PSJ" hujumchisi Lionel Messi faoliyatini qaerda davom ettirishi haqida hali bir qarorga kelmagan.
Ole nashrining xabar berishicha, 35 yoshli argentinalik futbolchida keyingi mavsumda evrokuboklarda ishtirok etadigan APL klubida o'ynash imkoniyati bor. Jamoa nomi hozircha oshkor etilmagan.
Tajribali to'purarning APLdan tashqari faoliyatini Saudiyaning "Al-Hilol" va Amerikaning "Inter Mayami" klublarida davom ettirish imkoniyatlari bor. Messining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi muddati kelasi oy oxirigacha mo'ljallangan.
Frantsiya chempionatining joriy mavsumida hujumchi 39 ta o'yin o'tkazib, 20 ta gol va 20 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bosh sahifaga
151