"Sporting" futbolchisi "PSJ"dan ko'ra "Chelsi"ni afzal ko'rmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Lissabonning "Sporting" klubi yarim himoyachisi Manuel Ugarte Frantsiyaning "PSJ" klubidan ko'ra, Londonning "Chelsi" klubiga o'tishni afzal ko'rmoqda.
Record Portugal nashri xabariga ko'ra, futbolchi APLda o'ynashni istamoqda.
"PSJ" singari "Chelsi" ham yarim himoyachi uchun 60 million evro tovon puli to'lashga tayyor. Ugarte APLga o'tishni afzal ko'rsa-da, uning transferida taklif qilingan maosh ham katta rol o'ynaydi.
Eslatib o'tamiz, Ugartaga avvalroq "Liverpul" va "Aston Villa" klublari ham qiziqish bildirdirgandi. Urugvaylik futbolchi hozir transfer bozorida mavjud bo'lgan eng iqtidorli yosh yarim himoyachilardan biri hisoblanadi.

Bosh sahifaga
204