APL klublari qiziqish bildirayotgan bir pallada "Barselona" Kundening narxini oshirib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Himoyachi Jyul Kunde yozgi transferlar vaqtida "Barselona"ni tark etmoqchi. Mish-mishlarga ko'ra, 24 yoshli frantsiyalik futbolchida Angliyada o'ynash uchun bir nechta variant bor.
Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko'ra, "Barselona" Kunde uchun 75 million evrodan kam bo'lgan takliflar ko'rib chiqilmasligini ma'lum qilgan. Bu moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan kataloniyaliklar tomonidan belgilangan narx.
Aytish joizki, transfermarkt portali Kundeni 60 million evroga baholamoqda. Frantsiyalik futbolchi "Barselona" safida 38 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.

Bosh sahifaga
163