"Barselona" Kimmix uchun kurashdan chiqish arafasida turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Bavariya” yarim himoyachisi Joshua Kimmixning transferini hal qila olmaydiganga o'xshab turibdi. Jurnalist Jerar Romeroning fikricha, germaniyalik yarim himoyachini kelayotgan mavsum oralig'ida “Kamp Nou”da kutmaslik kerak.
Avvalroq, Kimmix "Barselona"da Serxio Buskets o'rniga asosiy nomzod ekanligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq, manbaning ta'kidlashicha, moliyaviy jihatdan kataloniyaliklar bu kelishuvga erisha olmaydi.
Katta ehtimol bilan "Barselona" "Real Sosedad"dan Martin Subimendini qo'lga kiritish uchun bor kuchini sarflaydi, uni "ko'k-anorranglilar" ustozi Xavi Ernandes har qanday holatda ham o'z jamoasida ko'rishni istaydi.

Bosh sahifaga
161