Paredesga APL va La Liga klublaridan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

Mavsum oxirida Leandro Paredes "Yuventus"dagi ijara muddati tugaganidan keyin "PSJ"ga qaytadi.
Argentinalik yarim himoyachi Parijda qolishi dargumon, chunki uning imkoniyatlari bor. Goal portalining xabar berishicha, Paredesga "Chelsi" va "Atletiko" klublari qiziqish bildirmoqda. Bu klublar allaqachon 28 yoshli futbolchining vakili bilan aloqa o'rnatishgan.
Leandro Paredesning narxi 12 million evroga baholangan. 2022/2023 yilgi mavsumda argentinalik futbolchi 37 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va sheriklariga ikkita golli uzatma berdi.

Bosh sahifaga
165