"Bavariya" darvozaboniga bir nechta klublar qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

"Bavariya" darvozaboni Yann Zommer yozgi transfer oynasida jamoani tark etadi, deya xabar beradi Kicker.
Manbaga ko'ra, Zommer jarohatidan so'ng Manuel Noyerning safga qaytishi sababli "Bavariya"da qolishni istamayapti. 34 yoshli shveytsariyalik posbonga “Monako”, “Valensiya”, “Lester” va “Vilyarreal” da'vogarlik qilmoqda.
Zommer qishki transfer oynasida "Bavariya"ga o'tdi. U myunxenliklar safida 24 ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 30 ta gol o'tkazib yuborgan.

Bosh sahifaga
165