"MYu" "Yuventus" futbolchisining transferi borasida muzokaralarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 102

Huquqlari turinlik "Yuventus"ga tegishli bo'lgan frantsiyalik yarim himoyachi Adrien Rabo APLga o'tishi mumkin. "Manchester Yunayted" yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda.
Insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlarida yozishicha, "qizil iblislar" vakillari Adrienning agenti bo'lgan onasi bilan muzokaralarni boshlagan.
Agar "mankunianliklar" agent bilan kelishib olishsa, Raboni tekinga o'z safiga qo'shib olishadi. Frantsiyalik futbolchining “keksa sinora” bilan shartnomasi kelasi oy oxirida yakuniga etadi.
Yarim himoyachi joriy mavsum A Seriyada 30 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Bosh sahifaga
162