"Bavariya" "Inter" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Marselo Brozovich Evropaning boshqa bir klubining qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Todofichajes nashrining xabariga ko'ra, 30 yoshli yarim himoyachini "Bavariya" o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Nemis grandining xorvatiyalik futbolchi uchun bahsdagi raqiblari "Barselona" va Angliyaning "Nyukasl" klublari hisoblanadi. Brozovich 28 million evroga baholangan.
Yarim himoyachi joriy mavsum A Seriyada 26 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Marseloning "neradzurrilar" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
211