"Manchester Siti" o'z darvozabonini sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

"Manchester Siti" o'z darvozaboni Zak Shteffenni yozda sotishga tayyor. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Shteffen 2022/2023 yilgi mavsumni “Midlsbro”da ijara asosida o'tkazdi. Jamoa mavsumda to'rtinchi o'rinni egalladi va pley-offga chiqdi. U erda "Boro" yarim finalda “Koventri”ga imkoniyatni boy berdi (0:0, 0:1). Natijada jamoa APLga qayta olmadi.
Qayd etilishicha, Shteffen faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin. 28 yoshli amerikalik posbonga nemis klublari qiziqish bildirmoqda.
Zak Shteffenning narxi 4,5 million evroga baholanmoqda.

Bosh sahifaga
197