"Real" "Tottenxem" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

Braziliya terma jamoasi va "Tottenxem" hujumchisi Risharlison kelasi yozda Ispaniya chempionatiga o'tishi mumkin.
Fichajes nashri xabariga ko'ra, janubiy amerikalik hujumchi xizmatlariga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda.
Risharlison uchun bahsda "qirollik klubi"ning raqibi - "Inter". 26 yoshli braziliyalik futbolchining transfer narxi 55 million evroga baholanmoqda. Uning "shporlar" bilan shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Risharlison joriy mavsumda Premer-ligada 24 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
218