"Liverpul" "Inter" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

Huquqlari "Inter"ga tegishli bo'lgan italiyalik yarim himoyachi Nikolo Barella faoliyatini Angliya Premer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar berdi.
Yarim himoyachi xizmatlariga “Liverpul” qiziqish bildirmoqda. "Mersisaydliklar" yozgi transfer oynasida yarim himoyachini sotib olishga urinib ko'radi. Barellaning o'zi jamoasini o'zgarishiga qarshi emas.
Nikolo 2026 yilning o'rtalariga qadar "Inter"da harakat qiladi. Futbolchining transfer narxi 70 million evroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Barella 46 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Bosh sahifaga
217