"Liverpul" va "MYu" "PSJ"ning 17 yoshli futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

"PSJ" himoyachisi El Shaday Bitshiabu faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Le10Sport nashri.
Manbaga ko'ra, 17 yoshli himoyachiga "Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqmoqda. Avvalroq "Ayntraxt" frantsiyalik futbolchini sotib olish bo'yicha muzokaralarni boshlagani haqida xabar berilgandi.
Joriy mavsumda Bitshiabu parijliklar safida Frantsiya chempionatida 10 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning jamoa bilan shartnomasi kelasi yil yozida tugaydi.

Bosh sahifaga
192