"Real" "Tottenxem" himoyachisini kuzatib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

Madridning "Real" klubi yozda tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Madridliklar "Tottenxem" himoyachisi Pedro Porroni o'z safiga qo'shib olmoqchi, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo nashri.
Shu bilan birga, manbaning ta'kidlashicha, London klubi ispaniyalik futbolchini qadrlaydi va yozda uni sotishdan bosh tortishi mumkin.
"Tottenxem" safida Pedro Porro 14 ta rasmiy o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. Ularda o'ng qanot himoyachisi ikkita gol urdi va sheriklarga ikkita samarali uzatma berdi.
Transfermarkt portali mutaxassislari 23 yoshli Porroni 35 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
191