"Chelsi" "Inter" posboni uchun 40 million funt to'lashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

Milanning “Inter” klubi darvozaboni Andre Onana faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega. Darvozabonga Londonning “Chelsi” klubi qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Transfer News.
Manbaga ko'ra, tomonlar allaqachon muzokaralarga kirishgan. 40 million funt sterling miqdoridagi tovon puli muhokama qilinmoqda. To'g'ridan-to'g'ri muzokaralar jarayonida "ko'klar" egasi Todd Boelining shaxsan o'zi ishtirok etadi.
Onana o'tgan yozda uzoq muddatli shartnoma asosida "neradzurrilar"ga o'tgandi. Italiya chempionatining joriy mavsumida darvozabon 21 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol o'tkazib yuborgan.

Bosh sahifaga
250