"Real" Kolo-Muani borasida "Ayntraxt"ga so'rov yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187

Madridning “Real” klubi Frankfurtning “Ayntraxt” klubi hujumchisi Randal Kolo-Muanini sotib olmoqchi.
Jurnalist Matteo Moretto bergan ma'lumotlarga ko'ra, bir kun avval "qirollik klubi" rahbariyati futbolchining narxi borasida "burgutlar"ga murojaat qilgan.
Manbaning ta'kidlashicha, "Ayntraxt" yozda Kolo-Muanini 80 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Ayni paytda hujumchiga “Bavariya” va “Manchester Yunayted” kabi davogarlar ham bor.
Kolo-Muani joriy mavsum Bundesligada 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Frantsiyalik futbolchi o'tgan yozda “Nant”dan ko'chib o'tganidan so'ng “Ayntraxt” safida debyut mavsumini o'tkazmoqda.

Bosh sahifaga
240