"Bavariya" haydamoqchi bo'lgan Manega Ispaniyaning top-klublari qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

Leroy Sane bilan janjaldan keyin "Bavariya"ni tark etishga yaqin turgan hujumchi Sadio Mane faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishni ustuvor maqsad deb biladi. Jurnalistlarga ma'lum bo'lishicha, senegallik futbolchi Ispaniya chempionatiga o'tmoqchi.
31 yoshli futbolchiga La Liganing ikki top-klubi qiziqish bildirmoqda. Gap "Barselona" va Madridning "Atletiko" jamoalari haqida ketmoqda. Manening transfer narxi 45 million evro.
Hujumchi o'tgan yozda "Bavariya" safiga qo'shilgandi. Myunxenliklar Sadioni "Liverpul"dan 32 million evroga sotib olgandi.
Mane joriy mavsum Bundesligada 22 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
243