"Tottenxem" "Barselona" futbolchisini 25 million evroga sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

"Tottenxem" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Frank Kessega ko'z tikmoqda.
Sport nashri xabariga ko'ra, "shporlar" "ko'k-anorranglilar" bilan bog'lanib, ivuarlik futbolchining bo'lajak transfer oynasidagi narxi haqida so'rashdi.
Manbaning ta'kidlashicha, "Barselona" yarim himoyachi bilan 25 million evro evaziga xayrlashishga tayyor. Shu tariqa "Barselona" boshqa transferlar uchun pul yig'moqchi.
Eslatib o'tamiz, Kesse "Barselona"da birinchi mavsumni o'tkazmoqda, chunki futbolchi o'tgan yozda "Milan"dan erkin agent sifatida jamoaga o'tgan edi. Ayni paytda ivuarlik futbolchiga "Inter" ham qiziqish bildirmoqda.

Bosh sahifaga
202